Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Huquqshunos-bloger 1 apreldan propiskasiz ham Toshkent shahridan uy olish joriy etilishiga unchalik ham ishonmayapti
11.02.2020 17:31,  
593

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish nazarda tutilgani xabar qilingan edi.

Huquqshunos-bloger xushnudbek Xudoyberdiyev "quvonishga hali erta" demoqda:

"Propiskaga tish-tirnog‘im bilan qarshi bo‘lgan inson sifatida Prezident Farmoni loyihasida propiskaga oid bandlar borligidan juda va juda xursandman, albatta.

Garchi pessimist bo‘lmasam-da, ammo ushbu yangilikdan hali quvonishga erta ekanligini barchaga eslatib qo‘ymoqchiman xolos.

Sababi birinchidan bu hali loyiha.

Ikkinchidan, ushbu loyiha tasdiqlanib, Prezident ushbu Farmonga imzo qo‘ygani bilan, hali u ijro etiladi, degani emas. Fikrimni isbotlash uchun yaqin o‘tmishdan aniq misol aytaman.

Harakatlar strategiyasi doirasida 2018 yil 22 yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018 yilgi davlat dasturi qabul qilingan edi. O‘sha davlat dasturining 56-bandida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida ikkilamchi bozordan ham propiskasiz uy sotib olishga ruxsat berilsin, degan band bor edi. Garchi ushbu Farmon Prezident tomonidan imzolangan bo‘lsa-da, ammo yakunda davlat dasturining ushbu bandi bajarilmadi. Mana oradan 2 yil o‘tgan bo‘lsa ham, ikkilamchi bozordan propiskasiz uy sotib olishga ruxsat berilmadi.

2020 yilgi dasturga yana shunga oid bandni qo‘shish taklif etilmoqda.

Ammo men 2018 yildan farqli o‘laroq, bu safar ushbu band bajarilishiga chin dildan ishonaman. Sababi Prezident o‘z nutqida propiskani ochiq tanqid qildi. O‘tgan safar bunaqa nutq bo‘lmagandi. Bizda shunaqa-ku, pastdagi ijrochilar Prezident gaplariga qarab, nimani birlamchi o‘rinda ijro qilish kerakligiga mo‘ljal olishadi.

Yaxshiyam Prezident propiskani tanqid qilgani, yo‘qsa yana yillar davomida bu la’nati tizim amalda bo‘lib turarmidi kim bilsin..."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан