Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






HXM markazlari bugungacha nechta oilaga va qancha miqdorda yordam ko‘rsatgani ochiqlandi
25.04.2020 16:53,  
157

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari shu kunga qadar qancha miqdorda va kimlarga yordam ko‘rsatgani ma’lum qilindi.

Markazlar tashkil etilganiga 23 kun bo‘ldi. Joriy yilning 25 aprel kuniga qadar respublikamizda jami 9 139 ta mahallada 250 959 ta oilaga umumiy qiymati 28,432 milliard so‘mlik mahsulotlar tarqatildi.

Mazkur oilalarning:

  • 134 180 mingdan ziyodi — kam ta’minlangan oilalar;
  • 33 179 mingdan ziyodi — nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari;
  • 26 193 tasi — boquvchisini yo‘qotganlar;
  • 12 356 tasi — yakka, yolg‘iz keksalar;
  • 11 065 tasi — karantindagi oilalar;
  • 33 986 mingdan ziyodi — boshqa oilalar.

Boshqa oilalar deganda — karantin sababli daromad manbayidan mahrum bo‘lib turganlar, jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan shaxslarning oilalari, mehnat uchun xorijga borgan va hozirgi kunda mamlakatimizda bo‘lmagan fuqarolarning oilalari va boshqalar nazarda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан