Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan fuqarolar aniqlandi
11.03.2021 14:22,  
598

Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Prokratura departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “S.” hamda “Ye” MChJlar tomonidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi bilan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali “S.” MChJ tomonidan 489 mln so‘m, “Ye” MChJ tomonidan 233 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “S.” va “Ye” MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан