Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki bozordagi neft va gaz kondensati narxlarni Brent nefti narxiga bog‘liq bo‘ladi
6.04.2020 18:46,  
370

2020 yil 1 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ va “Sho‘rtan GKM” MChJ tomonidan sotiladigan neft va gaz kondensati uchun yangi ichki tarmoq narxlari jahon birjalaridagi Brent nefti kotirovkalariga bog‘lab qo‘yiladi. 

Bu haqda "Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorida aytib o‘tildi

Bundan tashqari, neft mahsulotlari va uglevodorodlarni import qilish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun neft zaxiralarini bo‘sh quvvatlarda saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tariflar tasdiqlanadi.

6 aprel, 18:00 holatiga ko‘ra, jahon birjalarida Brent bahosidagi neft narxi barreli $33,20 ni tashkil etmoqda. Jahon bo‘ylab koronavirus pandemiyasi fonida Rossiya-Saudiya Arabistoni qarama-qarshiligi tufayli neft narxi bir necha yillik maksimumga yetgan edi. 

Mavzuga doir: Trampning birgina tviti orqali neft narxi $35 gacha ko‘tarildi

Avvalroq, AI-80 markali benzin narxi bozor mexanizmlari asosida shakllanishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан