Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan o‘z joniga qasd qildi

Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan o‘z joniga qasd qildi

Joriy yilning 27 iyun soat taxminan 13.00larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi safdor, 1987 yilda tug‘ilgan Bekzod Bobomirzayev Angren shahar IIBning 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan.

Natijada safdor B.Bobomirzayev olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.

O‘z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.

IIV Axborot xizmati