Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar organlari xodimlari qachon, qanday vaziyatda kuch ishlatishi mumkin?
6.12.2021 08:14,  
386

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qo‘llash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

Qonunning 23-moddasiga asosan maxsus vositalarga rezina tayoqlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol, qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari, maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar, elektroshok qurilmalari, xizmat hayvonlari, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari, tinchlantirish ko‘ylagi, suv bilan zarba beruvchi mashinalar, zirhli mashinalar, himoya qilish, guruhlar harakatlanishini to‘sish vositalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar kiradi.

Ushbu moddaga muvofiq ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalarni qo‘llash asoslari quyidagilar hisoblanadi:

  • fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;
  • jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish;
  • ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yish;
  • jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;
  • qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash;
  • ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;
  • zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;
  • ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish;
  • haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatish;
  • jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;
  • muhofaza qilinadigan ob’yektlarni himoya qilish, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yish.

Qo‘shimcha tarzda ta’kidlash mumkinki, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Yuridik va jismoniy shaxslar faqatgina qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda ish ko‘rishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан