Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vaziri: Fuqarolarga qo‘pollik qiladigan xodimlarga safimizda o‘rin yo‘q
8.05.2017 10:42,  
10

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov xizmat vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilayotgan va fuqarolarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgan ichki ishlar xodimlarini tanqid qildi.

“Postda” nashrining yozishicha, Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘tgan katta yig‘ilishda kasbiga noloyiq ichki ishlar xodimlari xususida videorolik ham namoyish etilgan.

“Bu xizmat kiyimi sizlarga hududingizda o‘zingizni ko‘z-ko‘z qilish, fuqarolarga qo‘pol muomala qilish uchun berilmayapti. Sizlar hududda osoyishtalikni ta’minlashga, fuqarolar haq-huquqini himoya qilishga, jinoyatlarning oldini olishga birinchi galda javobgarsiz”, degan vazir A.Azizov.

Yig‘ilishda vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga qonuniy chora ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан