Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i etib tayinlandi
11.02.2020 16:03,  
1433

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilingan edi. U Qo‘qon shahar IIO FMBga boshliq etib tayinlandi. 

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan. 

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev endilikda Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан