Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vaziri Qarshidagi dahshatli qotillikka nima sabab bo‘lganini aytdi
19.08.2021 12:56,  
5064

Ma’lumki, bugun Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimovning o‘limi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. 

Unda qatnashayotgan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ma’lum qilishicha, ichki ishlar xodimlariga 102 orqali jinoyat haqida xabar soat 9:49 da kelib tushgan. Xodimlar voqea yuz bergan joyga xabar tushgandan so‘ng, 21 daqiqa o‘tib, soat 10:10 da yetib borgan va ish boshlagan. Shuningdek, tergov guruhi ham yetib borgan.

Qayd etilishicha, jinoyat tashkilotchisi ekani aytilayotgan Z. B. 18 avgust kuni Chiroqchi tumanidagi yashirinib yotgan joyidan soat 17:05 da topilgan. Uning otasi o‘z ukasining xotinini o‘ldirib, hozir qamoqda o‘tiribdi.

«Bu ikki guruh o‘rtasidagi janjal musobaqadagi kelishmovchilikdan boshlangan. Birining ukasi, yana birining shogirdi bahslashgan. Biri yutgan, biri yutqazgan. Shundan kelishmovchilik boshlangan, lekin hech kimga xabar berilmagan»,— deydi ichki ishlar vaziri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан