Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
21.04.2021 22:01,  
545

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан