Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligi deyarli 110 mlrd so‘mga avtozaklar va boshqa transport vositalarini sotib oldi
10.03.2021 19:35,  
373

2021 yil boshidan buyon IIVning moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari doirasida 100 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari evaziga avtomobillar va texnika sotib olish bo‘yicha bir qator shartnomalar tuzildi. Bunga «Gazeta.uz» e’tibor qaratdi.

5 mart kuni IIV Kran va Maxsus Texnikalari MChJ bilan GAZon NEXT shassisiga ega maxsus 50 ta maxsus kontingentlarni tashuvchi (avtozak) transport vositasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Shartnoma summasi 23,96 mlrd so‘mni tashkil etdi (bitta avtozak 479,2 mln so‘m turadi).

Bundan tashqari, 15 fevraldagi shartnomaga muvofiq, IIV UzAuto Trailer’dan 4×4 g‘ildirakli formulaga ega 16 ta KAMAZ (4326−1053−15) avtofurgonlarini sotib oldi. Shartnoma 9,77 mlrd so‘mni tashkil etdi (bitta furgon narxi 610,6 mln so‘m).

Yana bitta davlat xaridi — maxsus kontingentlarni tashuvchi 50 ta Isuzu NQR71 PL yuk mashinalari. Shartnoma — 26,45 mlrd so‘mga teng bo‘ldi (bitta yuk mashinasining narxi 529 mln so‘m).

IIVning moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi 16 fevraldagi shartnoma asosida, shuningdek, Samarqand avtomobil zavodi dileridan 30 dona SAZ NP 26 avtobusini 11 mlrd so‘mga (bittasi uchun 368 mln so‘m) sotib oldi. Shuningdek, 23,6 mlrd so‘mga (bittasi uchun 358 mln so‘m), xuddi shunday avtobuslarning o‘rindiqsiz turidan 66 ta sotib olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан