Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo‘yicha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
12.12.2021 21:41,  
661

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim qator tayinlovlar amalga oshirildi. O‘zbekiston IIV axborot xizmati bu haqda xabar berdi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Utemuratov Azat Minajovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - IIV huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma’lumotga ko‘ra, tayinlovga qadar Utemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi o‘rinbosari – tergov qismi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, polkovnik Raxmatullayev Muzaffar Talgatovich Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tayinlovgacha M.Raxmatullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - IIV huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgani aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан