Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki ishlar vazirligining yana bir xodimi koronavirusdan vafot etdi
21.07.2020 23:29,  
1045

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. (erkak) 17 iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va 18 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning o‘ta og‘ir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar bo‘lgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Avvalroq IIV yuu haqda xabar berib, xodimning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qilgandi:

"Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi podpolkovnik Saydaliyev Zayir Axmatovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан