Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ichki yo‘llarning holati yomon, odamlar bundan norozi – Shavkat Mirziyoyev
25.05.2020 20:06,  
1229

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda prezident ichki yo‘llar masalasiga alohida to‘xtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qo‘llanib kelinayotgan “foydalanuvchi to‘laydi” tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

Mutasaddilar transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha hisobot berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан