Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«ICTWEEK UZBEKISTAN» bu yil Toshkent va Farg‘onada o‘tkaziladi
11.09.2019 17:40,  
5

Bu yilgi O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — «ICTWEEK UZBEKISTAN 2019» 24—27 sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘onada o‘tkaziladi.

«ICTWEEK»ni o‘tkazishdan asosiy maqsad tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etishdir. Qolaversa, bu O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozori jozibadorligini chet ellik investorlarga namoyish etish, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘zaro hamkorligi uchun ajoyib maydondir.

Haftalik O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.

«ICTEXPO» — «ICTWEEK» haftaligining eng muhim tadbirlaridan bo‘lib, yildan-yilga eksponent-kompaniyalar, O‘zbekiston bozoriga qiziquvchi mamlakatlar soni oshib boryapti. Har yili ko‘rgazmaga 16000 nafardan ortiq kishi tashrif buyuradi.

«ICTWEEK UZBEKISTAN» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — axborot texnologiyalari sohasida 2004 yildan beri har yili o‘tkazib kelinayotgan yirik va muhim tadbir. Haftalik Sammit, Forum, Ko‘rgazma, matbuot anjumanlari, taqdimotlar, aksiyalar, mukofotlash va boshqa ko‘plab tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан