Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






ID-kartalar uchun to‘lov miqdori va ularning tayyorlanish muddati ma’lum qilindi (video)
23.09.2020 11:22,  
965

Avval xabar qilganimizdek, prezident farmoniga binoan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo‘lgan bo‘lsa, ID-kart1alarni rasmiylashtirish esa 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

  • yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;
  • bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
  • 16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 198 ming 470 so‘m (22.09.2020 holatiga) miqdorida to‘lov undiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан