Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Idlibda Suriyaning havo hujumi natijasida 33 nafar turk askari halok bo‘ldi (video)
28.02.2020 15:48,  
645

Idlibning shimoliy-g‘arbida Suriya hukumat kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 33 nafar turk askari halok bo‘ldi.

Juma kuni erta tongda Turkiyaning janubiy-sharqidagi Hatay viloyatida qurbonlar soni ko‘paydi, qochqinlar inqirozi vujudga kelib mojarolar avj olmoqda, dedi viloyat hokimi Rahmi Dog‘an.

Turkiya rasmiylarining bildirishicha, shu yilning 10 fevralidan boshlab Idlibda 1709 nafar Suriya qo‘shinlarining askarlari zararsizlantirilgan.

Amaliyotlarda 55 tank, 3 vertolyot, 18 zirhli texnika va rejimga tegishli 6 o‘q-dorilar ombori ham yo‘q qilindi.

Ushbu operatsiyalarda Asadning rejimi nishonga olingan otishma daqiqalari ham havodan kuzatilgan.

Turk kuchlariga qilingan hujumlar Idlibdagi ba’zi muxolif guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya hukumatining asosiy ittifoqchisi Rossiya va Turkiya o‘rtasida keskin tanglikni keltirib chiqardi.

Rossiyaning Istanbul shahridagi konsulligida bir guruh namoyishchilar Rossiya va Putinni Idlibdagi hujumlarda ayblashmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан