Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Igna yutib yuborgan qashqadaryolikning hayoti saqlab qolindi
24.10.2019 18:42,  
217

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga g‘uzorlik 19 yoshli Ozod Normatov favqulodda tibbiy yordamga muhtoj holda keltirildi. Aniqlanishicha, yigit tikuv ignasi bilan tish kavlamoqchi bo‘lgan, ammo ehtiyotsizlik oqibatida uni yutib yuborgan.

Tibbiyot xodimlarining tezkorlik bilan o‘tkazgan tekshiruvlaridan so‘ng uni Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limiga olib borishga qaror qilindi. Ikki tibbiy muassasaning malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan konsiliumda jarrohlar hamkorlikda bemorga yordam berishga kengashib olishdi.

– Tekshiruvlar vaqtida igna uchinchi bo‘yin umurtqasining chap tomonida ekanligi aniqlandi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filiali direktori Ravshan Tulyakov. – Noyob jarrohlik amaliyotini EOP (elektron-optik preobrazovatel) uskunasi yordamida tajribali xirurglar Suvon Berdiyev va Soat Temirov amalga oshirishdi. Ushbu amaliyotning murakkabligi shundaki, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, u og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Chunki bo‘yin qismida joylashgan katta qon tomirlari va asab tizimiga zarar yetkazmasdan ignani bo‘yin umurtqasidan chiqarib olish amaliyoti jarrohlardan yuksak malaka va mahorat talab etardi. Jarrohlarimiz buni muvaffaqiyat bilan uddalashdi. Jarrohlik amaliyoti asoratsiz tarzda amalga oshirildi. Bemorni yana hayotga qaytarganimizdan mamnunmiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, ayni paytda bemor o‘zini juda yaxshi his etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан