Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Igor Shkvirin «Turon» bosh murabbiyi etib tayinlandi
23.06.2021 21:14,  
112

Yaypanning «Turon» klubi murabbiylar shtabida navbatdagi o‘zgarish yuz berdi.

Tribuna.uz manbasining tasdiqlashicha, Superligadagi ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin jamoani vaqtinchalik boshqarayotgan polshalik Boguslav Boniak o‘rniga Igor Shkvirin jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan. 58 yoshli mutaxassis so‘nggi yillarda Olmaliqning OKMK klubida seleksioner-murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Yaypan klubi rahbariyati bugun, 23 iyun kuni Igor Anatolevichni futbolchilarga bosh murabbiy sifatida tanishtirgan.

Shkvirin murabbiylik faoliyati davomida «Qizilqum», OKMK va «Surxon» klubilarini ham boshqargan edi. 

Eslatib o‘tamiz, «Turon» Superliga 10-turidan keyin hali hamon chempionatda g‘alaba qozona olmagan yagona jamoa bo‘lib, 3 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi 14-o‘rinda bormoqda. Klub 8-turdan keyin Islombek Ismoilovni iste’foga chiqargan edi.

Avvalroq, «Turon» klubi Davron Fayziyev bilan muzokara olib borayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан