Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIBB Chilonzorda mashina kapotida YPX xodimini olib ketgan haydovchi bo‘yicha axborot berdi
14.06.2019 18:35,  
10

13 iyun kechasi soat taxminan 01.30 da poytaxtning Chilonzor tumanida profilaktika inspektori o‘z hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida salonida ikki noma’lum shaxs bo‘lgan «Lasetti» avtomobili e’tiborini tortadi. Ularning shaxsini aniqlash maqsadida oldiga borib shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini so‘raydi. Biroq haydovchi inspektorning talabiga bo‘ysunmay, avtomobilni harakatga keltiradi. Inspektor mashinaga oldiga turib olsa-da, u harakatlanishda davom etadi. IIB xodimi mashina urilishidan qochish uchun kapot qismiga chiqib olishga majbur bo‘ladi. Birozdan so‘ng avtomobilning ustidan sakrab tushib qoladi, haydovchi esa  voqea joyidan yashirinadi.

Poytaxt IIBBdan ma’lum qilinishicha, qisqa vaqt ichida avtomobil topilib, haydovchi va yo‘lovchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 37 yoshli haydovchi Soxib X. va 18 yoshli Alena K. taqiqlangan psixotrop dori vositalarini qabul qilganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан