Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIBB Toshkentdagi tungi otishmalar bo‘yicha izoh berdi
18.08.2021 14:45,  
1666

Toshkent shahrida bir necha kundan beri tunda sodir bo‘layotgan otishma tovushlari aholining tinchini buzayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Poytaxt aholisi bu borada turli taxminlarni bildirmoqda. Ular orasida tug‘ilgan kunni nishonlash, hayvonlarni otishdan tortib, “Tolibon”ning g‘alabasini nishonlashgacha bo‘lgan variantlar bor. Ayrimlar hatto Kalashnikov avtomati o‘qdonidek 30 tadan o‘q uzilayotganini ham tasdiqlashgan.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati holatga izoh berdi.

“Otishma tovushlari haqida tarqayotgan haqida tarqayotgan xabarlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Aksariyat holatlarda bu kabi tovushlar tug‘ilgan kunlarni nishonlash bilan bog‘liq. Tekshiruv natijalariga ko‘ra tegishli choralar ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан