Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIBB toshkentlik haydovchining noqununiy javobgarlikka tortilgani haqidagi xabarga rasmiy izoh berdi
9.05.2019 21:04,  
11

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Ne’matullo Artikov ismli foydaluvchi yo‘l-transport hodisasi sodir etgani uchun noqoquniy javobganlikka tortilgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 2018 yilning 9 yanvarda soat taxminan 17:30 atrofida sodir bo‘lgan. Ne’matullo o‘zining Cobalt mashinasini soatiga 30-40 kilometr tezlikda boshqarib borgan.

Yakkasaroy tumanining Cho‘ponota ko‘chasida Cho‘ponota—Bog‘iston chorrahasidan Cho‘ponota—Xazinabog‘ chorrahasi tomon harakatlanib borayotganda chapga qayrilish uchun yo‘lda to‘xtagan Adxam E. boshqaruvidagi Nexia SONC mashinasiga to‘qnashgan.

Orqadan mashina kelib urilgani sababli Nexia SONC qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va Aleksandr A. boshqaruvidagi Nexia DONC mashinasiga urilgan.

Voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganib chiqib (shu jumladan sud-avtotexnik ekspertiza xulosalariga ko‘ra) tergov bo‘linmasi xodimlari YTH sodir bo‘lishiga Ne’matullo A. sababchi bo‘lgan, degan xulosaga kelgan.

U YHQ 73-moddasi (Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak) va 77-moddasining 3-qismini (Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak) buzishda aybdor deb topilgan.

Ushbu YTHda Nexia SONC haydovchisi — 12 545 354 so‘m, Nexia DONC haydovchisi —15 043 524 so‘m, Cobalt haydovchisi Ne’matulloning o‘zi esa 7 055 947 so‘m zarar ko‘rgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etilgani to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, ish Ma’muriy ishlar bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sud moddiy zararni qoplash bilan bir qatorda Ne’matullo A.ga jarima tayinlagan.

Aybdorning Toshkent shahar ma’muriy sudiga yo‘llagan shikoyati kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan va tuman sudi tomonidan chiqarilgan qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан