Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIBB yonib ketgan BMW haydovchisini qidirmoqda (video)
10.01.2020 14:58,  
1267

Avvalroq, Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi xabar bergan edik. YTHda BMW va Gentra avtomobillari to‘qnashuvidan so‘ng Lacetti avtomobili to‘liq yonib ketgan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, 9-yanvar kuni soat 23.30 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan Xalqlar do‘stligi saroyi qarshisida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. “Lasetti” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 V 889 WA) haydovchisi 44 yoshli D. M. Islom Karimov ko‘chasiga burilishdan oldin svetoforgacha bir necha metr masofa qolganida tor joyda to‘xtagan. Tezlikni oshirib harakatlanib kelayotgan “BMW” avtomobili (davlat raqami 01 T 777 YeV, Shayxontohur tumanida yashovchi 63 yoshli K.M. nomiga rasmiylashtirilgan) “Lasetti”ga to‘qnashishi oqibatida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan.

“Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi va 6 yoshli yo‘lovchisi D.M. Toshkent shahar IIBB YPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarilgach, jarohat va kuyishlar bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Yana ikki nafar yo‘lovchilar – 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Ya.M. voqea joyida hayotdan ko‘z yumdilar.

“BMW” avtomobili haydovchisi voqea joyidan yashirindi. YTH sodir bo‘lganida avtomobilni boshqargan haydovchining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

YTHning taxminiy sababi: “BMW” avtomobili haydovchisi tezlikni keskin oshirgan.

YTH fakti bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) “a” bandi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан