Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV: Ohangaronda mahbus kaltaklanmagan
17.02.2021 08:01,  
298

Tahririyat izohi: Ishonchli manbadan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Sof.uz sayti 11 fevral kuni 48-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.Mayunusovga nisbatgan qiynoq qo‘llangani haqida xabar e’lon qilgan edi. Ichki Ishlar vazirligi Matbuot xizmatining Sof.uz’ga ma’lum qilishicha, mahkumga nisbatan hech qanday tazyiq qo‘llanmagan va mahkum bu haqda o‘z tushuntirish xatida ham yozib bergan. F.Mayunusov ichki tartib-qoidalarga amal qilmasdan qo‘l telefonidan foydalanib, unda diniy ma’ruzalarni tinglagani uchun intizomiy jazoga tortilgan.

Sof.uz tahririyati  xabarni Ichki ishlar vazirligidan ma’lumot va izoh olmasdan chop etgani xato bo‘lganini tan oladi va kelgusida barcha taraflardan ma’lumot olgan holda xolis axborot yetkazish masalasi alohida nazoratga olinishini ma’lum qiladi.

Quyida IIV Matbuot xizmatidan kelgan xatni e’tiboringizga havola etamiz.

“SOF.UZ” internet saytida “Ohangaronda mahbusni mayor va operlar kaltakladi” sarlavhali maqola yoritilib, unda 48-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.Mayunusovga nisbatan tazyiq bo‘lganligiga urg‘u berilgan.

Ma’lumot uchun, Jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar, sodir qilgan jinoyatidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, ulardan rejim talablariga rioya qilish birdek talab qilinadi.

Muassasalarda o‘rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilmay, tartibbuzarlik sodir qilgan mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 105-moddasi talablari asosida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Mazkur xabar, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Mahkum F.Mayunusovga manzil-koloniyada jazoni o‘tash shartlari, mahkumlarning huquq-majburiyatlari, muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini bajarish va internet tarmog‘iga ulanuvchi, video va ovoz yozishga mo‘ljallangan uyali aloqa vositasidan foydalanish mumkin emasligi tushuntirilgan. Biroq, u ichki tartib qoidalarga amal qilmasdan “Samsung NOT 5” markali telefondan foydalangan. Shundan so‘ng, manzil-koloniya boshlig‘ining qarori asosida intizomiy jazoga tortilgan.

Uning yashirin tarzda foydalangan uyali aloqa vositasi xotirasida aniqlangan diniy mazmundagi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan yoki taqiqlanmaganligiga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid dinshunoslik ekpertizasi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaga yuborilgan.

Mahkum F.Mayunusovdan uyali aloqa vositasini xodimlar tomonidan rasmiylashtirib olinishi hamda intizomiy bo‘linmaga kiritish jarayoni bilan bog‘iliq surishtiruv ishlari vaqtida, unga koloniya xodimlari tomonidan xech qanday ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilmaganligini o‘z tushuntirish xatida ma’lum qilgan. Shuningdek, birlamchi tibbiyot tekshiruvi natijasiga ko‘ra uning badanida biror-bir tan jarohati izlari aniqlanmagan.  

Hozirda muassasa ma’muriyatiga nisbatan tuhmat qilish va yolg‘on xabarlarni tarqatish sabablari tekshirilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquq va erkinliklarini muhofazasi doimiy ravishda prokuratura organlari hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan nazorat qilinadi.

                                                                 Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан