Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV telegram orqali virusli dastur tarqatilganidan ogohlantirdi
6.07.2020 12:25,  
1777

Shu yil 13 iyun kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro M.A. Ichki ishlar vazirligi portaliga ariza bilan murojaat qilib, 12 iyun kuni soat 19:00larda «Telegram» messenjeridan “Uydagi_Yulduzlar” @Fan club Miz #Uyda QOLING” (@fan_club_miz) deb nomlangan kanalga kirgani va ushbu kanalga joylangan NET NOMER ANIQLOVCHI.APK faylni yuklab olganidan so‘ng uyali telefoni «blok» holatiga tushib qolganligini bildirgan.

IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, shundan so‘ng qurilmani «blok» holatidan ochish uchun +99890-200-xx-xx abonent raqamiga “Paynet” to‘lov tizimi orqali 10.000 so‘m pul mablag‘lari tushirilishi haqida xabar keladi. Arizachi ushbu pul mablag‘larini o‘tkazganidan keyin ham telefon apparati «blok» holatidan chiqmaganligini ma’lum qilib, mazkur dasturni tarqatgan shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida fuqaro M.A. “HUAWEI TAG-L21” smartfoni tekshirib ko‘rish uchun olinib, undagi dastur ko‘chirib olingan va tekshirib ko‘rish uchun «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasiga taqdim qilingan.

Foto: Sof.uz

Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasining dasturiy texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu telefon apparati «Telegram» messenjeridagi “Uydagi_Yulduzlar” @Fan club Miz # Uyda QOLING” (@fan_club_miz) nomli kanalda tarqatilgan NET NOMER ANIQLOVCHI.APK dasturi zarar keltiruvchi virusli dastur ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, «Telegram» messenjeridagi “Uydagi_Yulduzlar” @Fan club Miz # Uyda QOLING” (@fan_club_miz) nomli kanal Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, hozirda Namangan madaniyat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi, 2001 y.t. fuqaro M.J.ga tegishli ekanligi aniqlandi.

4 iyul kuni Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi (Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-6-moddasida (Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish) uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан