Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV Toshkentda "Malibu" xaydovchisiga nisbatan o‘q uzilgani bo‘yicha izoh berdi
8.01.2022 10:06,  
762

Joriy yilning 7 yanvar kuni, soat taxminan 15.00larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi bo‘ylab 1976 yilda tug‘ilgan, kuchli darajadagi mast holatida bo‘lgan, fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Malibu” avtotransporti, shu yerda xizmat o‘tayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda qochishga uringan.

Xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarni oldini olish maqsadida, belgilangan tartibda o‘q-otar qurolini qo‘llaganlar.

Natijada avtotransport vositasi majburiy to‘xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qo‘llanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан