Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV Toshkentda tuyalarni “uchirib“ yuborgan Matiz bo‘yicha ma’lumot berdi (video)
22.04.2020 17:28,  
1597

Kecha, 21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda Matiz yo‘lda yurgan tuyani urib uchirib yubordi, Tuya joyida o‘ldi” sarlavhali video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat o‘rganilganda, voqea o‘tgan yili sodir bo‘lgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil 11 iyun kuni soat 23:45 larda haydovchi S.K. fuqaro D.L.ga tegishli “Matiz” rusumli transport vositasini tegishli me’yoriy hujjatlarsiz Toshkent shahar, Bektemir tumani hududida Oltintopgan ko‘chasi bo‘ylab, Bektemir shoh ko‘chasi tomonga boshqarib ketayotib, harakat davomida “Koka-kola” binosi qarshisida yo‘nalishi bo‘yicha oldinda haydovchiga nisbatan qarama-qarshi yurib kelayotgan ona tuyani urib yuborib, hodisa joyida o‘z vaqtida to‘xtamay, harakatda davom etishi oqibatida yo‘lning o‘ng qatoridagi ikkinchi tuyani ham urib yuborgan va transport vositasi ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi S.K. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Urilgan birinchi tuya jarohat olgan, ikkinchi tuya hodisa joyida o‘lgan.

 

 

 

Tuyalar fuqaro M.K.ga tegishli ekanligi aniqlanib, bog‘lab qo‘yilgan joyidan bo‘shalib, avtomobil yo‘liga chiqib qolganligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar, Bektemir tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 7 yanvar kuni Bektemir tumani ma’muriy sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan fuqaro S.K.ga nisbatan BHMning 5 baravari, fuqaro D.L.ga nisbatan BHMning 3 baravari va tuyalar egasi M.K.ga nisbatan BHMning ½ qismi miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан