Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«IIV xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda tasvirga olish va xohlagan platformaga videoni qo‘yish mumkin» – Shohrux G‘iyosov
15.12.2020 17:43,  
267

Bugun 15 dekabr kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida «Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov vazirlik xodimlarini tasvirga olish va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish borasidagi savolga javob berdi.

“Biz hozir shu yo‘nalishda xodimlarimiz, jurnalistlar va fuqarolar uchun videorolik tayyorlayapmiz. Aniq qilib sizga aytaman, biz ichki ishlar organlari — davlat xizmatchisimiz. Davlat xizmatchisini xohlagan odam, xohlagan vaqtda tasvirga olishi mumkin va xohlagan platformaga ushbu videoni qo‘yishi mumkin. Bu hech qayerda taqiqlanmagan.

Lekin bitta narsa mumkin emas va iltimos qilinadi: xodimlarning ishiga xalaqit berish kerak emas. Ichki ishlar organlari xodimlari, Post-patrul va yo‘l-patrul xizmati xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyingizda va xohlagancha tasvirga olishingiz mumkin”, — dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан