IIV Xorazmda «samosud» qilingan ayol bo‘yicha bayonot berdi

IIV Xorazmda «samosud» qilingan ayol bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda: “Xorazm viloyati Gurlan tumanida «samosud»” nomi ostida tarqalgan videoyozuv bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O., o‘zining tanishi 20 yoshli Yu.T.,(ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.,ning turmush o‘rtog‘i 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari ko‘rib qoladi.

Ular telefon orqali bu haqda M.S., ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjal vaqtida M.S.,ning dugonalaridan biri o‘zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, IIV fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarda o‘zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o‘zlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni so‘radi.

Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarga quyidagilarni eslatdi:

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko‘rsatilgan «Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish» kabi ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.