Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijodiy imtihonlarning qanday o‘tishi belgilandi
17.06.2020 12:10,  
142

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha  yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda:

- Abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;

- Abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi;

- Imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi.  37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi;

- Ijodiy imtihonda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir  soatgacha vaqt ajratiladi;

- Imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;

- Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан