Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi». Senat raisi yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyati haqida
4.07.2021 08:24,  
206

Senat raisi Tanzila Norboyeva jurnalistlar bilan o‘tkazilgan shanba kungi uchrashuvda davlat idoralarining ochiqligi hanuz muammoli masalalardan biri ekanini ta’kidladi, deb xabar qildi «Gazeta.uz».

«Davlat idoralarining ochiqligi hozir baribir muammoli masala bo‘lib turibdi. Hali 100 foiz ochildi deya olmayman. Garchi hokimlarning televideniye orqali muloqotlari tez-tez ko‘rinib turibdi, vazirlar ham chiqyapti. Davlat idoralari vakillari o‘rganmagan edi, ularda televideniyeda chiqish ko‘nikmalari umuman yo‘q edi. Ular ham o‘rganyapti», — dedi u.

U, shuningdek, jurnalistlar yoritayotgan masalalar yuzasidan munosabat bildirish tizimi talabga javob bermasligini aytib o‘tdi.

«Sizlar OAV vakillari ko‘tarib chiqadigan qandaydir dolzarb voqealar bo‘yicha darhol munosabat bildirish, joyiga chiqib o‘rganib, uni hal qilish, agar noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lsa, uni ham asoslab aytib berish bo‘yicha hali ishlarimiz talab darajasida emas», — dedi yuqori palata raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Senatda yangi tashkil etilgan Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi aynan davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.

«Senatning qoshida yangi qo‘mita tashkil qildik. U axborot siyosati va davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadigan parlament qo‘mitasi bo‘ladi. Ijro organi o‘zi qilaversa bo‘ladi-ku, deb aytishingiz mumkin. Lekin ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi. O‘zining qilmagan ishini o‘zi tan olmaydi. Shuning uchun parlament nazorati organi sifatida bizda shu qo‘mita tashkil qilindi», — dedi Tanzila Norboyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitaga bilimli, tajribali jurnalist Farhod Boqiyev rahbar etib saylangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан