Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijro organlarining 25 nafar mansabdorlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha taklif kiritildi
7.08.2020 11:39,  
1553

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senat majlisida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik borgan sari yangi yo‘nalishlarda rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

– Joylardagi deputatlarimiz Senat majlislarida ishtirok eta boshladi, – dedi Senat Raisi T.Norboyeva. – Jumladan, bugungi majlisimizda ham mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari vakillari qatnashmoqda. Senat qo‘mitalarining deyarli barcha nazorat-tahlil tadbirlari mahalliy Kengashlar bilan bamaslahat va bevosita hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hududlarga biriktirilib, mahalliy Kengashlar ishini samarali tashkil etish bo‘yicha ish olib bormoqda. Umuman, mahalliy Kengashlarga har tomonlama ko‘maklashish borasidagi harakatlarimiz o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahalliy Kengashlarning 1 700 dan ziyod sessiyalarida 9 mingdan ortiq masala muhokama etildi. Qariyb 4 ming marta mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi. 660 marta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga 21 mingdan ziyod deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Yana bir jihat. Mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar faoliyatini onlayn tarzda yoritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani avval kuzatilmagan yangilikdir. Xususan, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining shu yil 24 iyuldagi 9-sessiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn efirga uzatildi. Bunday amaliyotni boshqa hududlarda ham qo‘llash zarur" - deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан