Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy faol Dulat Agadilning qamoqxonadagi vafotidan so‘ng namoyishga chiqqan odamlar qo‘lga olindi (video)
2.03.2020 15:14,  
583

Qozog‘istonning bir nechta shaharlarda politsiya muxolifat namoyishlari ishtirokchilarini hibsga oldi. Odamlar hokimiyatni almashtirish haqidagi shiorlar bilan ko‘chalarga chiqishdi, shuningdek fuqarolik faoli Dulat Agadilning tergov hibsxonasidagi o‘limi bo‘yicha tekshirishni talab qildi. U 25 fevral kuni tergov hibsxonasida vafot etdi.

Politsiya o‘lim sababini "o‘tkir yurak yetishmovchiligi" deb atagan, ammo Internetda 43 yoshli Agadilning jasadida mumkin bo‘lgan qiynoq yoki kaltaklanish belgilari aks etgan video paydo bo‘ldi.

Namoyishchilar Olmaota hokimiyat yonidagi Respublika maydoniga chiqishdi. "Azattik" radiosining xabar berishicha, politsiya 40 dan ortiq kishini, jumladan, "Dat" gazetasining rahbari jurnalist Yermurat Bapini ham hibsga olgan.

Chimkentda esa namoyishchilar shahar ma’muriyati binosi yonida to‘planishgan. Politsiya 15 kishini hibsga olgan. Aqto‘beda ham o‘ndan ortiq fuqarolar hibsga olingan.

Kamida 14 kishi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda metropoliten ma’muriyati yaqinidagi Abay yodgorligi yonida hibsga olingan. Namoyishchilar "Diktaturaga qarshimiz. Chol, ket", "Nazarboyevning jinoiy hukumati yo‘qolsin!", "Dulat - bu tizim qurboni" kabi yozuvli plakatlarni ko‘tarib chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, Dulat Agadilni 24 fevral kuni fuqarolik kiyimidagi noma’lum shaxslar guvoxnomalarini ko‘rsatmay uyidan olib chiqqanliklari va uni mashinaga solib noma’lum tomonga olib ketishganligi haqida ijtimoiy faollar tarmoqlarda xabar berishgan edi. 

Hibsga olinganidan bir necha soat o‘tgach, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, faol tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgan.

Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati "24 fevral kuni soat 21:00 atrofida Dulat Agadilni uyida ushlashdi va keyinchalik tergov hibsxonasiga yetkazishdi" deb tasdiqlagan.

AQSh Davlat departamenti, Qozog‘istondagi Buyuk Britaniya elchixonasi va YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori huquq himoyachisining tergov hibsxonasida o‘limi yuzasidan xavotirini bildirib, qozoq rasmiylarini Dulat Agadilning o‘limi yuzasidan puxta va oshkora tergov o‘tkazilishini ta’minlashga chaqirdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан