Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda “Bu DAN xodimimi yoki...?” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot
4.02.2021 09:07,  
622

Joriy yilning 3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Bu DAN xodimimi yoki...?” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 1 fevral kuni soat 23:15larda, Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Shahrisabiz ko‘chasida xizmat olib borgan YPX xodimi D.Musayev tomonidan haydovchi M.M. boshqaruvidagi “Skuter” transport vositasiga to‘xtash ishorasi berilganda, haydovchi ishoraga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, haydovchi ushbu Shahrisabz ko‘chasida YPX xodimi N.Dosimov tomonidan to‘xtatilgan.

Suhbat jarayonida haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilganlikda gumonlangan va tibbiy tekshiruvga taklif etilgan.

Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, haydovchining mastlik holati tasdiqlangan va YPX xodimi D.Musayev tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

O‘zaro muloqot vaqtida YPX xodimi D.Musayev haydovchiga nisbatan qo‘l harakatlari ishlatganlik holati video lavhada aks etgan bo‘lib, ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан