Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Yuqorichirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot
9.12.2021 10:45,  
142

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 9 dekabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan "Toshkent-Olmaliq" avtomobil yo‘lining 36-kilometrida, tumanli ob-havo sharoitida, yo‘lning ko‘rinish masofasi kamligi sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan:

- "Damas";

- "Nexia";

- "Spark";

- "Nexia-3" rusumli avtomobillar hamda "Isuzu" rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан