Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda «Toshkent viloyatida bo‘lgan voqea» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot
2.08.2021 13:24,  
1826

Joriy yilning 28 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahar hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida, M.Ulug‘bek ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan “OʼZTEMIRYOʼLMASHTAʼMIR” unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan «Malibu» rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan MJtKning 125-moddasi 1-qismga (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan EV-21 seriyali 10-972827 raqamli elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

IIBB Axborot xizmati

Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga chiqib, ko‘p ushlab turmasligini, haydovchiga nisbatan «xushmuomala»da bo‘lishini aytib, transport vositasini qo‘yib yuborishini aytgan. Shundan so‘ng haydovchi harakatni davom ettirgan.

Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarini buzganligi uchun intizomiy jazolandi.

O‘z obunachilari bo‘lgan sahifalar egalaridan ijtimoiy tarmoqlarga chiqarilayotgan turli holatlar, to‘liq tahlil qilinmagan, oydinlik kiritilmagan, ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.

IIBB Axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан