Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqlarda "Bosh prokuror janobi oliylariga!" nomli xabarga rasmiy munosabat bildirildi
14.12.2021 18:32,  
1232

Xabarda, Termiz transport prokurori Z.Tursunovning bir yil ichida uch marotaba intizomiy jazoga tortilgan bo‘lishiga qaramasdan, hali ham ishlab kelayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi ta’mirlanishidan chiqqan eski qurilish materiallarni o‘z uyiga olib borganligi, 2-sektor rahbariga tegishli uyda yashayotganligi va majburiy mehnatga bosh-qosh bo‘layotganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur xabarda ko‘rsatilgan vajlar o‘rganildi va quyidagilar ma’lum qilinadi.

Xususan, xabarda ilova qilingan rasmda prokuror Z.Tursunovning uyi emas, balki Termiz transport prokuraturasi binosi bo‘lib, unda ishchilar O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va Termiz MTU o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida binoni ta’mirlash ishlariga jalb etilgan (shartnoma muddati 31.12.2021 y).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi ta’mirlanishidan chiqqan eski qurilish materiallari belgilangan tartibda joriy yil 11 dekabr kuni Termiz transport prokuraturasiga dalolatnoma asosida topshirilib, hozirda prokuraturada saqlanmoqda.

Bundan tashqari, Z.Tursunov yashaydigan uyi o‘rganilganida, ta’mirlanishdan chiqqan qurilish materiallari mavjud emasligi, uyida temir yo‘l ishchilari hashar yoki majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Z.Tursunov xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uch marotaba emas, bir marotaba intizomiy jazoga tortilgan.

Fursatdan foydalanib, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq jurnalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi, 15-moddasiga ko‘ra jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar ekanligini yana bir karra eslatmoqchimiz.

Mehnati mahsulidan ko‘plar xabardor bo‘ladigan, boshqalarda ma’lum bir fikr shakllanishiga sababchi bo‘lmish jurnalistlar avvalambor surishtiruvlarini oshkor qilishidan oldin, sensatsiya qilib, qaysidir bir tashkilot yoki shaxs faoliyatidan nuqson topib o‘quvchilari sonini orttirishni o‘ylamay, ikki tomonni eshitib, so‘rab-surishtirib, tagiga yetib, har jihatdan puxta va xolis tayyorlangan axborotlarni tarqatganlari maqsadga muvofiq emasmi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан