Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda shunday maskan bor ekanu biz bilmay yurgan ekanmiz" sarlavhasi ostidagi xabarning tarqalishiga nima sabab bo‘ldi?

Ijtimoiy tarmoqlarda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda shunday maskan bor ekanu biz bilmay yurgan ekanmiz" sarlavhasi ostidagi xabarning tarqalishiga nima sabab bo‘ldi? Rasmiylar holat yuzasidan izoh berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Namangandagi Rim nomli tungi klubning Facebook’dagi sahifasiga behayo tasvirlar asosida yaratilgan reklama joylashtirilgan. Bu xabar esa reklamadagi o‘zbek milliy mentalitetiga yot bo‘lgan axloqsizlikni targ‘ib qilishga qaratilganini tanqid ostiga olgan. Pyeklama ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalar va noroziliklarni keltirib chiqargan. Shu sababdan Namangan viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tezkor surishtiruv o‘tkazgan.  

Aniqlanishicha, 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan reklamada 13 mart kuni bo‘lib o‘tadigan shou to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Restoran ma’murlarining xabar qilishicha, reklama omma e’tiborini jalb qilish uchun suratga olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Restoranning ish yurituvchisi bo‘lgan 25 yoshli yigitning so‘zlariga ko‘ra, ushbu rolik faqatgina reklama uchun tasvirga olingan:

Video tasvirchilarni chaqirgan edim. Bu tasvirlar ularning g‘oyasi asosida suratga olingan. Bu qadar shov-shuvga va noroziliklarga sabab bo‘lishini kutmagan edik. Kelgusida bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz.