Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan farg‘onalik ayol deputatlik nomzodidan voz kechdi
7.12.2019 21:03,  
2731

Ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan va Farg‘ona shahar kengashi deputatligiga Ekologik partiya tomonidan 25-«Marg‘ilon» okrugidan ko‘rsatilgan nomzod, tadbirkor ayol fikridan qaytdi va o‘z xohishi bilan saylovlarda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatidan chiqarishlarini so‘radi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Saylov kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ayol shahar saylov komissiyasiga 23 noyabr kuni nomzodlikdan voz kechish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Saylov komissiyasining qaroriga asosan u nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilgan.

22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotgan bo‘lib, ayni kunlarda deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. Milliy qonunchiligimizda saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu esa, o‘z navbatida, har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak mas’uliyat ham yuklaydi.

Farg‘ona shahrida o‘tkazilayotgan saylovlarga, xususan, nomzodlarni ko‘rsatish masalasida hokimlik aralashmagan bo‘lib, 5 ta siyosiy partiyalar tomonidan ular ilgari surildi. Xalq deputatlari shahar kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiyaning ma’lum qilishicha, 30 ta okrug bo‘yicha 150 nafar deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olingan.

Ekologik partiya Farg‘ona shahar kengashining ma’lum qilishicha, bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi partiya qarori bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан