Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Ijtimoiy tarmoqlarda tandiqga uchragan birorta gapimdan qaytmayman, fikrimni o‘zgartirmayman"— Alisher Qodirov
7.10.2021 21:49,  
226

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda unga bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda ayrim fikrlaringiz tanqidlarga uchraydi. Ba’zan haqoratlar ham ko‘zga tashlanadi. Bunday salbiy munosabatlar Sizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

- Haqoratlarga xafa bo‘lishga vaqt sarflamayman. Tanqidlarni taklif sifatida qabul qilaman. Ijtimoiy tarmoq bugungi kunning ham foydali, ham xavfli quroliga aylandi. Fikrlar teskari talqin qilinishi, mavhum akkauntlar uyushtirayotgan munosabatlar, maxsus botlar - insonlarni manipulyasiya qilishga erishayapti. Dolzarb fikrlarim, takliflarim chetda qolib, odamlarni g‘azabini keltiradigan provokatsion kontekstlardan foydalanish kabi holatlar tez-tez uchraydi. Siyosatchini kuzatuvchilarining eng kamida 50 foizi tanqid qilmasa, bilingki u yaxshi siyosatchi emas! Bugun siyosatchini oldida ikkita yo‘li bor. Birinchisi, tanqidchilar bilan kelishib, ularga yoqadigan gaplarni gapirib yuraverish yoki ularga yoqmasa ham jamiyat rivoji uchun kurashish. Shu kungacha tarmoqlarda tanqidga uchragan bo‘lsa ham, birorta aytgan gapimdan qaytmayman, fikrimni o‘zgartirmayman.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан