Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
19.02.2021 22:44,  
2048

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi sessiyasi yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga kutilmagan tashrifni amalga oshirdi.

Davlat rahbari mahalladagi qoniqarsiz holat sabab Namangan shahri hokimi Olim Isayev va shahar prokuroriga qattiq tanbeh berdi.

«Ikkalang ham noinsofsan! Bu yoqqa kel, sen, noinsof (Isayevga.tahr). Nima bu, men seni nega bu yerga olib kelganman? Nima bu? Basharangni qara, mana shu seni basharang. Ikkoving ham qanday vijdon bilan majlisda o‘tirding? Qachon odamlarning dardi bilan yashaysan, sen Isayev?», dedi Prezident. 

Prezident Isayevdan qancha vaqtdan beri hokimligini so‘ragan, u esa «10 oy» deya javob bergan. Davlat rahbari sektor rahbarlarining izohi va uzrini ham eshitdi.

«U gaplarni men ko‘p eshitganman. Agar men osmondan tushgan Prezident bo‘lganimda edi seni gapingga ishonardim», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан