Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki britaniyalik 263 kunda velosipedda dunyoni aylanib chiqdi
31.07.2020 16:39,  
235

Buyuk Britaniyalik ikki ayol tandemli velosipedda dunyo bo‘ylab tezkor sayohat qilishgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rekord sohibalari - Ket Dikson va Raz Marsden, ikkalasi ham 50 yoshdan katta. Ular sayohatni 2019 yil 29 iyunda Oksfordda boshlab, 2020 yil 18 mart kuni Londonda tugatishdi. Har kuni 50-60 kilometr yurishdi.

Sportchilar Fransiya, Monako, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Albaniya, Gretsiya, Turkiya, Gruziya, Hindiston, Tailand, Malayziya, Cingapur, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh, Meksika, Marokash, Ispaniya va Gibraltar davlatlariga borishdi. Ular 50 ming dollardan ko‘proq mablag‘ni yig‘ib, xayriya ishlariga bag‘ishladilar. Ket va Raz nafaqat ayollar rekordini o‘rnatdi, balki erkaklar orasida ham 281 kunlik rekordni yangiladi.

Sportchilar o‘rnatgan rekordlari Ginnesning rekordlar kitobiga 18 noyabr kuni kiritiladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан