Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki karra ikki... beshmi?
29.10.2020 09:09,  
753

Kecha, 28 oktyabrda Ozarbayjon tomonga Armaniston hududidan otilgan raketa-bombalar Barda shahrida 21 tinch aholi o‘limi va ko‘plab inson turli darajada yaralanishiga sabab bo‘ldi. Men Al-Jazira xabar telekanali ushbu xabarni Boku va Yerevandagi o‘z muxbirlariga jonli bog‘lanib, yoritganini ko‘rdim.

Bokudagi muxbirdan keyin so‘z berilgan Yerevandagi muxbir ozariylar tomonidan otilgan raketa Tog‘li Qorabog‘ «boshkenti» Xankendi (Xonshahri, armanilar uni Stepanakert deb o‘zgartirib olishgan) shahridagi tug‘ruqxona yonida portlaganini vahima qilib ko‘rsatdi. Shusha shahrida esa bir tinch aholi o‘lganmish.

Muxbir tarixiy statistik bilgilarga ishonmay, armani lobbisiga yon bosishi bitta gapidan bilinib qoldi. Emishki, 1915 yili Usmoniylar imperiyada yashagan go‘yoki bir yarim million armanini qatliom (genotsid) qilganmish.

Vikipedia ensiklopedik veb-saytida Usmoniylar imperiyasida 1905-06 yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxati natijalarini ko‘rish mumkin. Hozirgi Suriya, Iroq, Livan va Iordaniya davlatlari u paytlar armanilar yashagan imperiya hududlaridan bo‘lgan. Statistik raqamlarga ko‘ra, o‘sha yillari jami armanilar soni bir yarim milliondan ancha oz bo‘lib, 1,160,000 kishini tashkil qilgan, xolos.
 
Oddiy arifmetikani bilgan odam bir million bir yuz oltmish mingdan muxbir aytgan bir yarim millionni ayirsa, matija manfiy chiqishini juda yaxshi biladi. Muxbir esa bilib-bilmay armanilar tegirmoniga suv quyib, dunyoga yolg‘on xabar tarqatyapti.

Agar 1915 yili bitta ham armani tirik qolmagan bo‘lsa, unda O‘rusiya, Ovro‘pa va Amerikaga qochgan o‘n minglab armanilar Oydan tushdimi? Iroq, Suriya va Livanga sungun qilinib, hozirgacha turk tilida ham so‘zlashadigan armanilarni turklar boshqa sayyoradan olib kelganmi?

Afsuski, Ozarbayjonning Armaniston ishg‘ol qilgan tuproqlarini ozod qilish uchun olib borayotgan harakati dunyoda ko‘proq armanilar foydasiga talqin qilinayotganini, informatsion urushda esa ishni pul bilan o‘z foydasiga buradigan boy armani lobbisining qo‘li har yerga yetishini ko‘rsatyapti. Shuning uchun, birorta xabarni bitta manbadan o‘rganib, xulosa chiqarish yaramaydi.

Ko‘plab chet tillarni bilgan va turli manbalardan bilgi olib, ularni solishtirish yo‘li bilan xulosa chiqargan odamning dunyoqarashi kengaytirib, siyosiy-ijtimoiy ongi ham oshadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан