Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki kun ichida havo harorati 22 daraja sovuqqacha pasayib ketadi — "O‘zgidromet"
22.02.2021 09:09,  
1144

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23-26 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi, 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.

23-25 fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан