Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki kun ichida Rossiyadan 500 dan ortiq o‘zbekistonliklar olib kelinadi
26.05.2020 21:02,  
154

O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni vatanga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tasdiqlangan jadvalga muvofiq Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan 25 may kuni amalga oshirilgan “Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent” reysi orqali 278 nafar fuqaro olib kelindi.

Bugun, 26 may kuni amalga oshirilishi belgilangan “Toshkent – Moskva – Toshkent” reysi orqali esa 275 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga ko‘ra mazkur hafta oxiriga qadar Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Istanbul va Moskva shaharlariga yana 6 ta qatnov amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан