Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki marta impichment olgan Donald Trampni AQSH senati yana oqladi
14.02.2021 18:19,  
98

AQSH Senati sobiq prezident Donald Trampni impichment ishi bo‘yicha oqladi - deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Impichmentni yoqlab senatorlarning 57 nafari ovoz bergan, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun 100 nafar senatorlarning kamida 67 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi. Shu tariqa, Tramp isyonga dav’at etish ayblovi bo‘yicha oqlandi.

6-yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu Vakillar palatasining unga impichment e’lon qilishiga sabab bo‘ldi, keyin ish Senatga yo‘naltirildi.

Donald Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, biroq yana senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident bo‘ldi.

2020-yil fevral oyida AQSH Senati prezident Donald Trampga e’lon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. O‘shanda u hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilishda ayblangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан