Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki nafar taekvondochimiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
22.05.2021 08:18,  
71

Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida osiyolik taekvondochilar uchun Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun litsenzion turnir bo‘lib o‘tmoqda. 

Quvonarli jihati, musobaqaning dastlabki kunlarida ikki nafar hamyurtimiz Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. 

Jumladan, -68 kg vazn toifasida musobaqada qatnashayotgan 19 yoshli sportchimiz Ulug‘bek Rashitov bellashuvlar davomida mo‘g‘ulistonlik Natsagdoroj Achitkxuu, filippinlik Arven Alkantara, qozog‘istonlik Qayrat Sarimsaqov mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu musobaqada -67 kg. vazn toifasida bahslarda qatnashgan Nigora Tursunqulova hal qiluvchi bellashuvda qatarlik Maram Fatnassini mag‘lub etib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Shu tariqa Nigora Tursunqulova o‘z professional faoliyati davomida ikkinchi marta Olimpiadada qatnashadigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан