Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikki tomonlama pnevmoniya ham yuqumli kasallikmi?
9.10.2020 14:46,  
718

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda pandemiya bilan bog‘liq savollarga javob qaytarildi:

— Ikki tomonlama pnevmoniya yuqumli kasalliklar sirasiga kiradimi? 

— Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib chiqishida virus, bakteriyalar yoki zamburug‘lar sababchi bo‘ladi. Virus, bakteriya yoki zamburug‘lar keltirib chiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi shu keltirib chiqaruvchi infeksiya yuqish yo‘llariga qarab yuqumli hisoblanadi. 

Bugungi kunda virus kasalliklari dolzarb bo‘lib qolgani bois, biz havo tomchi orqali yuquvchi kasalliklardan ko‘proq xavotirlanishni boshladik.

Aslida bakteriyalar, zamburug‘lar va oddiy hujayrali parazitlar ham o‘z o‘rnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqish yo‘li havo tomchi orqali bo‘lmasligi mumkin, lekin organizmga tushgan bunday infeksiya turlari pnevmoniya kabi o‘tkir kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Yoki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayishini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infeksiya joylashgan a’zosini jarohatlab kasallik chaqiradi.  

Shu bois, biz doimiy ravishda infeksiyalardan o‘zimizni himoya qilishimiz, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz, sog‘lom turmush tarzini yuritgan holda to‘g‘ri va muqobil ovqatlanishimiz, yengil jismoniy faollikni doim bajarib yurishimiz zarur.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан