Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikkilamchi bozordan uy xarid qilganlarga ham Toshkent «propiskasi» beriladimi?​
18.03.2020 16:07,  
1138

Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Fuqarolarni bu qaror loyihasi hayotga tatbiq etilganidan so‘ng, viloyatdan kelib Toshkent shahrida yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan uy xarid qilsa, uy faqat fuqaroning nomiga rasmiylashtiriladimi yoki Toshkent shahriga doimiy propiska beriladimi?

O‘zAʼning bu savoliga Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Shuhrat Xo‘jayev quyidagicha javob berdi:

– Mazkur qaror loyihasi kuchga kirsa O‘zbekiston fuqarosi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan uy xarid qilsa, bu fuqaroga Toshkent shahar propiskasi beriladi.

MAVZUGA DOIR: Doimiy propiskaga qo‘yish masalasida qanday yengilliklar berilmoqda?

MAVZUGA DOIR: Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini qo‘pol ravishda buzayotgan propiska tizimi yanada og‘irlashadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан