Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ikkita buyragi ham bo‘lmagan ayol farzand ko‘rdi. Bu tarixda birinchi holat
6.03.2021 19:29,  
511

Moskva kasalxonasida ikkita buyragi bo‘lmagan ayol shifokorlar yordamida tug‘ruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda BAZA  nashriga tayanib yozmoqda Effect.uz

Oq xalatlilar  hatto uning homilador bo‘lish ehtimoli  deyarli nolga teng deyishgandi.
17 yoshida Natalyada otoimmun kasalligi aniqlangandi, shu sababli uning buyraklari asta-sekin ishlamay qoldi. Doktorlar qiz uchun transplantatsiya amaliyotini o‘tkazishga  qaror qilishdi va  otasi donorlik qildi.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. So‘nggi 14 yil davomida Natalya normal hayot kechirdi, 2019 yilgacha u ko‘chirilgan organlarni rad qila boshladi.  Natijada, ayol gemodializga o‘tishi kerak edi.

Ko‘p o‘tmay Natalya homilador bo‘ldi.  Shifokorlar uchun bu ajablanarli holat bo‘ldi, chunki buyragida bunday kasalligi bo‘lgan bemorlarda onalikka deyarli imkoniyat yo‘q.

Yigirmanchi haftada Natalya Yudin shahar klinik kasalxonasiga yotqizildi. U yerda bir vaqtning o‘zida ko‘plab  mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi. Eng muhimi tug‘ruq muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан